Zomin tumani hokimligi faollar zalida tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, deputatlar, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mutasaddi tashkilot hamda OAV vakillari ishtirokida tumanda yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalari, sanoat va ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining birnchi o'rinbosari D.Mamadazimov tomonidan mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.
Investitsiya loyixalari bo‘yicha:
2024-yil 1-chorakda umumiy qiymati 12,3 mlrd.so‘mlik 5 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 22 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Zomin tumanida Investitsiya dasturiga asosan, 2024-yilda qiymati 546 mlrd so‘mlik 42 ta loyihalar amalga oshirilib, 515 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish:
2024-yil tumanning barcha imkoniyat va zaxiralarni tahlil qilib, joriy yil yakuniga qadar 6 ta loyihalarda 63,0 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtiriladi. 1-chorak davomida 15 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilish prognoz ko‘rsatkichi belgilab olingan bo‘lib, amalda 15 mln. dollar investitsiya jalb qilingan. Reja 100 foizga bajarilgan.
Eksport
2024-yil 1-choragida 2,1 mln.dollar miqdorida eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, amalda 1,7 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, reja 80 foizga bajarilgan.
2024-yilda 15,3 mln. dollar miqdorida eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilab olingan.