Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “MAROQLI TA’TIL” LOYIHASI DOIRASIDA

“MAROQLI TA’TIL” LOYIHASI DOIRASIDA

05 январь 2023 йил
189
0

Qishloq va mahallalardagi yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli o’tkazishiga ko’maklashish,  bo’sh vaqtidan unumli foydalanishini gtashkil etish maqsadida boshlangan “Maroqli ta’til” loyihasi qizg’in pallada. Ayni vaqtda Yoshlar yetakchilari, mahallalar faollari hamkorligida davom etayotgan loyihada yuzlab sportsevar yoshlar faol ishtirok etmoqda.

 

Jumladan, “Navbahor” mahallasi yoshlari hududdagi 15-umumtaʼlim maktabida sportning “Quvnoq startler” va shaxmat-shashka musoboqalarini o’tkazgan bo’lishsa, “Obi hayot” qishloq fuqarolar yig’ini yoshlari 69 – maktabda stol tennisi musobaqasida faollik ko’rsatishdi.

“Nurafshon”da esa Dashtobod shahridagi 2-son kasb-hunar maktabi va mahalladagi yoshlar ishtirokida shaxmat-shashka musoboqalari o’tqazishmoqda. Bundan tashqari, “To’rttom” va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig’inlarida yoshlarning ta’til kunlari bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Loyiha davomida faol ishtirok etgan yigit-qizlar mahalla qo’mitalari, mahallalardagi yoshlar ishlari bo’yicha yetakchilar tomonidan taqdirlandi. Ma’lum bo’lishicha, hududlarda o’z yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar ta’til so’ngiga qadar tuman bosqichida ishtirok etishadi.

 

 

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar