ZOMIN TUMANIDA “KONSTITUTSIYA – MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUTSIYA – O‘ZIMIZNIKI!” SHIORI OSTIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Tibbiyot xodimlari ishtirokida 2023 yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida salmoqli yutuqlarga erishilgani, Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum mamlakatimizning zamonaviy tarixida muhim siyosiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqnalar Asosiy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etgani va Bosh qonunimiz mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning uzviy qismi bo‘lib, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratishi hamda jamiyatdagi bugungi real voqelikka va shiddatli islohotlar mantig‘iga moslashtirilgani ta’kidlandi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tkazilgan tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.