Joriy yilning 17-may kuni Bolalar masalalari bo‘yicha Zomin tuman komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17-may kuni Bolalar masalalari bo‘yicha Zomin tuman komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi 1-o‘rinbosari, bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiya raisi o‘rinbosari Z.Omonqulov, tuman prokurori o‘rinbosari, bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiya raisi o‘rinbosari U.Kuliev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.Azimov, komissiya ma’sul kotibi O.Janikulov va komissiya a’zolari hamda tuman maktab direktorlari, MMIB direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tuman yoshlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar tumanda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oshib ketganligi sababli ularning oldini olish hamda ushbu jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish va Chin yetim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan hamda ota-onasi ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan bolalarga vasiylik va homiylik belgilash choralarini ko‘rish to‘g‘risida tushunchalab berib o‘tishdi.