Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chilonzor mahallasini tabiiy gazdan uzib qo‘yilganligi xaqidagi xabarlar yuzasidan "Zomintumangaz" ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Zomin tumani Dashtabod shahar Chilonzor MFY O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 6-apreldagi EDO-05\1-2598(№26)-sonli yig‘ilish bayoni II-bo‘limning 1-8 bandlarida xamda 2016 yil 19-apreldagi EDO-05\1-454-sonli xamda 2016 yil 7-apreldagi 06-06\444-sonli protokolida belgilangan vazifalarni xamda Jizzax viloyat Xokimining 2016-yil 26-apreldagi 164-sonli, xamda Zomin tuman Xokimining 2017 yil 12-iyundagi 1305-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar rejasida Zomin tumani Xokimligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida Zomin tumani Chilonzor MFY xududi axoli xonadonlari xamda ijtimoiy soxa ob’ektlari tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan xududlar ro‘yxatiga kiritilganligi, iste’molchilar boshqa yoqilg‘i turidan ya’ni suyultirilgan gaz va ko‘mir maxsulotlaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida uchastka gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ogoxlantirilib va gaz tarmog‘idan uzilganligi, shuningdek xududdagi xonadonlarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha “Hududgaz Jizzah” gaz ta’minoti filialning “Dashtabodshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida barcha shart-sharitlar yaratilgan bo‘lib, Zomin tumani xokimligi xamda bo‘lim tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz yetkazib berilayotganligi, bugungi kunda xar bir soxani raqamlashtirish va avtomatik boshqaruv tizimiga o‘tkazilishi bo‘yicha ishlar jadallik bilan amalga oshirilayotganligi, xususan Jizzax viloyatida tabiiy gaz nazoratining avtomatlashtirilgan xisobga olish tizimini keng joriy etilayotganligi, bunga yangi turdagi zamonaviy elektron gaz xisoblash uskunalari axoli xonadonlariga o‘rnatilayotganligi va bu orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gaz avtomatik tarzda xisoblanayotganligi, shuningdek gaz taqsimoti tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etish, tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonidagi texnologik yo‘qotishlar xajmini kamaytirish, zamonaviy gaz jixozlari xamda yenergiyatejamkor texnologiyalarni tadbiq etish, gaz taqsimotini 3-bosqichli tizimdan 2-bosqichli tizimga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganligi va yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat xududida “Tabiiy gaz xisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi”ni to‘liq joriy etilgandan so‘ng, resurs imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda Zomin tumani Chilonzor MFY xududidagi axoli xonadonlari xamda ijtimoiy soxa ob’ektlari tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulash imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi.