Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Suvdan foydalanishda aniqlanayotgan holatlar bo‘yicha qonunbuzarliklarga nisbatan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar

Suvdan foydalanishda aniqlanayotgan holatlar bo‘yicha qonunbuzarliklarga nisbatan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar

24 апрель 2024 йил
121
0

Suvdan foydalanishdagi qonunbuzarliklar oqibatida 1 mlrd.soʻmdan ortiq  jarima qoʻllanilgan — “Oʻzagroinspeksiya” - Xalq so'zi

Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab suv tanqisligi kuzatilmoqda. Shu sababli suvdan samarali foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Suvdan foydalanishni va suv iste’molini tartibga soluvchi tashkilotlar, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan qat’iy rioya etilishi nazoratga olinmoqda.

Bugungi kunda suv tanqisligi kuzatilayotgan va kutilayotgan bir qator sharoitda g‘alla , bog‘, tomorqa va boshqa ekin maydonlarini sug‘orishda suvni isrof qilmasdan iste’mol qilish talab etilmoqda. Suvdan samarali foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish uchun Irrigatsiya va Melioratsiya tizimlari, sug‘orish va kollektor-dranej tarmoqlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda barcha turdagi suv inshootlarida rekonstruksiya ishlari olib borildi. Biroq suvdan samarali foydalanishda nazorat o‘rnatilgan bo‘lsada suvdan noqonuniy va maqsadsiz foydalanishlar kuzatilmoqda.

Jumladan tumanda joriy yilning 3 oy mobaynida 90 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 27 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlandi. Nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra 37 ta suv iste’molchiga ogoxlantirish berildi.

Bundan tashqari 3 oy mobaynida 3 ming metr kub suv isrof bo‘lishining oldi olindi. Tashkilot tomonidan vakolat doirasida 33 nafar fuqarolarga nisbatan 11 mln. 300 ming so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya jarimasi qo‘llanilib ixtiyoriy ravishda undirildi.

Hurmatli suv iste’molchilar suvdan foydalanishda qonun talablariga rioya eting. Suvni isrof qilmang. Suvni tejaydigan texnologiyalardan joriy eting. Zero qonun oldida javobgar bo‘lib qolmang.   

 

A.Abdullaev

“Suv xo‘jaliknazorat” inspeksiyasi

Jizzax viloyati boshqarmasi bosh

mutaxassisi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Suv tanqisligini oldini olish
17 январь 2024, Среда
Suv tanqisligini oldini olish
MIB tomonidan qarzdorliklar undirilmoqda
25 май 2023, Четверг
MIB tomonidan qarzdorliklar undirilmoqda
ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
27 февраль 2023, Понедельник
ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar