Aholi muammolarini o’rganish, “Uyma-uy” loyihasi asosida ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish, hal etilishi zarur bo’lgan masalalarda ko’maklashish maqsadida 2023 yilning dastlabki kunlaridanoq Zomin tumanidagi qishloq va mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchilari qizg’in faoliyat olib bormoqdalar.
Jumladan, bugun “Gulshan” qishloq fuqarolar yig’ini faollari hamda hududdagi hokim yordamchisi Dilshod Bozorboyev, “Nurlikent” mahallasi hokim yordamchisi Bekzod Qorabekov, Sh. Rashidov mahallasi hokim yordamchisi Alisher Usmonovlar mahalla faollari bilan birgalikda o’z hududlarida o’rganishlar olib bordi.
O’rganish davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko’rildi. Mas’ullar tomonidan sector rahbari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilariga bildirgilar kiritildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati