Zomin tumani hokimligining katta majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Zomin tumani hokimi Abdug‘aniev Alisher Muxammadievichning tumanni 2022 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2023 yilga mo‘ljallangan rejalar haqidagi axborotni o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, matbuot anjumanida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilganligi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganligi, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish darajasi maksimallashganligi aytib o‘tildi.
Matbuot anjumanida tuman faollari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil bloggerlar, tumandagi bir qator korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati