Zomin Axborot kutubxona markazi xodimlari doimiy ravishda turli tadbirlar, targʻibot ishlari bilan band boʻladilar. Kutubxona fondini boyitish, mavjud kitoblarning elektron variantini yaratish, qiroatxona bilan ishlash.
Shu kabi tadbirlardan biriga Zominda yashab ijod qilayotgan bir guruh shoir, yozuvchi va jurnalistlar taklif etildi.
Unda bugungi kun kitobxon yoshlari, yangi adabiyotlar, kutubxona faoliyati haqida fikr almashildi. Kutubxona xodimlari Ulugʻbek Hojimurod, Dilbar Donaboyeva, Ehson mirzo, Gʻanisher Saydullayevlarning qalamiga mansub ijod mahsullari, ularning kelgusi ijodiy rejalari bilan yaqindan tanishdilar.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati