Qish faslining buy il o’zgacha injiqliklar bilan kelishi ko’pchilik uchun kutilmagan xol bo‘ldi. Bir qator oilalarning isitish bilan bog’liq muammolarini bartaraf etish maqsadidagi o’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Zomin tuman hokimligida tashkil etilgan shtab bu borada uzluksiz ishlar olib bormoqda. Bugun tumandagi barcha mahalla va qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 220 ta honadonga 30 tonna ko’mir tarqatildi va oilalarga ko’mak berildi.
Ushbu ishlarda tuman hokimligi mutasaddilariga joylardagi sector rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, mahalla faollari va ko’ngillilar guruhi yaqindan yordam berdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati