“Yoz yopinchig’ingni tashlama, qishda o’zing bilasan”, deydi dono ajdodlarimiz. Haqiqatdan ham, bugungi anomal sovuq, qishning boshqa injiqliklari, ancha yillardan beri bo’lmagan qahraton va boshqa omillar sabab, ko’pchiligimiz shoshib qoldik. Birgina oilada qanchadan qancha kamchilik, yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Endi shu tashvishni mingga, mingnikini tumanga ko’paytiring. Faqat bizninggina emas, balki, bir qator qo’shni davlatlarning ham aholisi kutilmagan qish qahridan shoshib qolgani tayin.
Ushbu sovuq kunlarda Zomin tumanidagi “Markaziy Dehqon bozori”, bir qator savdo majmualari va rastalarda aholining kundalik ehtiyoji uchun zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining narxi, aholiga ko’rsatilayotgan savdo xizmatlarining sifati, sotuvchi va haridorlarga yaratilgan shart-sharotlar bilan tanishish, bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va murojaatlarni o’rganish maqsadida bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari Alisher Abdug’aniyev o’rganish olib bordi.
Tuman hokimiga prokuror, 2-sektor rahbari X. Abdullayev, IIB boshlig’I, 3-sektor rahbari F. To’ychiyev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’I, 4-sektor rahbari G’. Xudoyqulov, bozorlar rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari, idora va muassasalar mas’ullari hamrohlik qildilar.
Dastlab “Markaziy dehqon bozori”dagi qassoblik, poliz mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, ho’l va quruq mevalar rastalarida, so’ngra, “Korzinka” savdo majmuida, “Prizma” savdo markazida bo’lib, bu yerdagi mahsulotlar narxi, xaridorlarga yaratilgan sharoitlar, sotuvchilarga mo’ljallangan qulayliklar bilan tanishgan mas’ullar aniqlangan mavjud kamchiliklar, aholi va sotuvchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shundan so’ng savdo nuqtalarida o’rnatilgan tarozilar, nazorat tarozilari va boshqa texnikalar, savdo va maishiy texnologiyalarning sifat ko’rsatgichlari, ishlash jarayoni ko’zdan kechirildi. Bu borada ham tegishli tavsiyalar berib o’tildi. O’rganish ishlari sektorlar bo’ylab davom etadi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati