Zomin tumanida sug‘oriladigan maydonlarda tuproq sho‘rlanish darajasi 3 xil bo‘lib ya’ni kuchli, o‘rtacha, kuchsiz sho‘rlangan maydonlar mavjud.
Tuman bo‘limi meliorativ ekspeditsiya tomonidan aniqlanishicha meshxoz zovurlari 26,42 km, ichki zovurlar 212 km mavjud bo‘lib 2022 yilda 9,9 km Guliston SIU xududida K-4; K-5 zovurlari tozalandi va zovurning ikki tomonlama 200 m yer maydonlari xolati yaxshilandi. Xususan 585 ga yer maydoni sof xolatga keltirildi.
2023 yil dasturiga K-3 kollektorini 30,1 km ta’mirlash tiklash rejalashtirilgan. Bundan tashqari 7,7 km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlari joriy yil dasturiga kiritilgan.
Sho‘r yer maydonlarda xosil kam bo‘ladi, kam daromad keltiradi, bu sho‘rlanishni bartaraf etish eng yaxshi samara usulidir.
Sho‘rlanmagan va kam sho‘rlangan yerlarga 2000-2500 m3 ga yaxob suv berib, sug‘orishni yerlarning sho‘rini yuvish bir turi deb xisoblanadi. Yaxob suvi berish sizot suvlar satxi chuqur joylashgan yerlarda o‘tkazilsa samarasi yuqori bo‘ladi. Bunday xolatda ekinlar qo‘shimcha sug‘orishsiz unib chiqadi, yozgi sug‘orishlar soni qisqaradi, sug‘orish me’yorining xajmi kamayadi.
Sho‘r yuvish ishlari kechayu-kunduz amalga oshirilishi kerak suvchilar ishini navbat tashkil etish lozim, ularga yetarli shart sharoitlar yaratib berish(issq ovqat, issiq kiyim, etiq, fonar) kerak. Sug‘orilgan yer maydonlar sho‘rlanish pasga yuvilib (ustovoy)chiqish inshoati orqali yuvilib ketadi, yer maydonlar sof xolatga keladi va daromat oshadi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Zomin tuman bo‘limi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan
foydalanishni nazorat qilish sho‘basi katta inspektori.
A.Abdullaev