Bugun faollarning aholi punktlaridagi xonadonlarga tashgrif buyurib, ijtimoiy muammolarni joyida o’rganayotgani, ko’makka muxtoj oilalarga yordam ko’rsatilishi oqibatida o’nlab insonlarning og’iri yengil, mushkuli oson bo’layapti. Ayniqsa, ushbu qish-qirovli sovuq kunlarda “Xa”, degan tuyaga madad, deganlaridek, ko’rsatilgan kichik e’tibor ham katta ahamiyat kasb etishi bor gap. Buni yaxshi anglagan Zomin tuman prokurori, 2-sektor rahbari X. Abdullayev bugun sector hududidagi “Shirin” qishloq fuqarolar yig’ini hududidagi bir qator xonadonlarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida sector rahbariga fuqarolar yig’ini raisi, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo’yicha yetakchilar, hokim yordamchisi hamroxlik qildi. Sektor rahbari yig’inda yashovchi Turg’unoy Boymuradova xonadonidagi tabiiy gaz bilan bog’liq muammoni hal qilib, gazlashtirilishiga bosh-qosh bo’lgan bo’lsa, shu qishloqdagi Maxmud Xudoynazarov hamda Tinig’oy Ergashovalarga nogironlik aravachalarini topshirdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati