Bugun Zomin shaharchasi markazidagi muhtasham “Zomin” choyxonasida 100 kilogramm osh damlandi. Tuman hokimimi tashabbusi bilan xomiylar tomonidan tashkil qilingan palov sayliga kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari va Markaziy Dehqon bozoriga tashrif buyuruvchilar taklif etildi.
“Mazkur xayrli tadbirni o‘tkazishdan maqsadimiz anomal sovuq bo‘lishiga qaramasdan ko‘chada xizmat qilayotgan aholiga mehr va yaxshi kayfiyat ulashishdan iborat. Odamlar bu ishimizdan xursand bo‘lmoqda. Faollar tumandagi kam ta’minlangan bemor insonlar uchun oshlarni ularning uylariga olib borib bermoqda”, – deydi tuman xokimi o’rinbosari S. Anvarov.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati