Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan “Nukus shahar va Do‘stlik tuman tajribasi” joriy etildi. Shu munosabat bilan 2022 yilning 3 oktyabr kuni yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash, mahallalarda “Yoshlar balansi”ni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida tumanimiz mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga asosan 4 ta sektor shtablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘tgan yilning 8 oktyabr kunidan boshlab tumandagi 39 ta MFYda Yoshlar yetakchilari tomonidan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni xatlovdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Ishchi guruhi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 39 ta mahallalarda uyma-uy xatlov ishlarini amalga oshirib, 14-30 yoshdagi 43 157 nafar (100 foiz) yoshlar balansi to‘liq shakllantirildi. Shundan, xatlov yakunida “Yoshlar daftari”ga tavsiya etilgan anketalarni qayta o‘rganish natijasida 349 nafar yoshlarning muammolarini hal etish uchun jami 797.9 million so‘m mablag‘ ajratishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi va bosqichma-bosqich yoshlar muammolari xal etilmoqda.
Xususan, Zomin tuman hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 nafar yoshlarga 90,1 million so‘mlik tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini-o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari, 8 nafar yoshlarga 9,6 million so‘mlik Xaydovchilik guvohnomasi, 22 nafar yoshlarga 6 million so‘mlik biometrik pasport harajatlariga subsidiya berildi.
Har bir yoshning ijtimoiy ahvoli, ularning kasb-kor va hunar hamda bilim olishlari uchun sharoiti o‘rganilib, shunga ko‘ra qo‘shimcha ko‘maklar berilayapti, – deydi O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Zomin tuman bo‘limi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bekzod Shukurov. – Bugungi tadbir ana shunday yoshlarning bir nechtalariga ijtimoiy ko‘mak berish maqsadidagi navbatdagi tadbir bo‘lib, bu kabi ko‘mak yana davom etadi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati