Bugun Zomin tuman Davlat Soliq Inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari G‘. Xudoyqulov sektor va mahalla faollari xamroxligida xududdagi “G‘allakor” qishloq fuqarolar yig‘inidagi “Boymoqli” va “Surxonobod” qishloqlarida bo‘lib, fuqarolarning qish mavsumidan betalofat o‘tishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida aniqlangan muammo va kamchilikularni tezda bartaraf etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilaridan ko‘mak so‘raldi.
Shuningdek, tashrif davomida sektor rahbari hududdagi keksa otaxon, 98 yoshni qarshilagan 2-gurux nogironi B.Eshbo‘taevning oilasiga bordi. Shu qatori 1-gurux nogironi A. Boymuradov va “Temir daftar”da turuvchi K. Chorieva va boshka kam taminlangan 8 ta oilalarning xolidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat, 150 kilogrammdan ko‘mir maxsulotlari xomiylik asosida tarqatildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati