Jizzax viloyat Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va "Milliy armiyamiz-Yangi O`zbekistonning mustahkam qalqonidir!" shiori ostida vatanparvarlik oyligi doirasida "Kitob-komillik poydevori" mavzusida tadbir bolib o`tdi. Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi boshliģi G'.Saydullayev ochib berdi.
Tuman ma'rifat tarģibotchilari a'zosi D.Donoboyeva O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi bilan barcha harbiylarimizni tabriklab, o`zini ijodidan na'munalar o`qib berdi.
O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi U. Xojimurodov so'zga chiqib yoshlarga kitob o`qish, ilm olish hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etishi haqida mazmunli nutq so`zladi.Tadbir kuy qoshiqlarga boy va mazmunli o`tdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati