Jizzax viloyati, shahar hamda tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan bosh mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi davomida fikr-mulohazalar o‘rganilib, amaliy faoliyatda yuzaga kelayotgan muammo va masalalar yechimi yuzasidan soha mutaxassislari bilan fikr-mulohazalar almashildi.
Malaka oshirish kursi yakunida har bir xodim test sinovidan o‘tkazilib, malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari uchun maxsus SERTIFIKAT lar topshirildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati