Bugungu kunda aholi muammolarini o’rganish va eng qisqa muddatlarda bartaraf etish, joylarda fuqarolar bandligini ta’minlash, yangi ish o’rinlari yaratish, aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlash va loyihalarni hayotga tadbiq etishda “Oqqo’rg’on tajribasi”ni qo’llash o’zining ijobiy samarasini bermoqda. Shu asosda bugun Zomin tumanining “Turkman” mahalla fuqarolar yig’iniga viloyat 4-sektor rahbari, Jizzax viloyat Davlat soliq Boshqarmasi boshlig’I B. Toshpo’latov, Zomin tumani hokimi o’rinbosari S. Anvarov, tuman 4-sektor rahbari, Zomin tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i G’.Xudoyqulovlar tashrif buyurdilar.
Tashrif buyuruvchilar “Turkman” MFY raisi M. Boyzoqov hamrohligida “Obod mahalla” Davlat Dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga binoan aholi turmush tarzini, ijtimoiy muammolarini o’rganishdi.
Ishchi guruh vakillari va sector rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari bilan mahalla faollari o’rtasidagi muloqot jarayonida Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan “Oqqo’rg’on tajribasi” asosida ishlarni tashkil qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini hal qilish yuzasidan tegishli ko’esatma va tavsiyalar berib o’tildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati