Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kompyuter axborot texnologiyalari bilan ishlash ko’nikmalarini oshirishlari, o’zaro sog’lom raqobat asosidagi musobaqalarda do’stlik rishtalarining mustahkamlanishi kabi maqsadlarni o’zida jamlagan sport musobaqalari hududlarda qizg’in davom etmoqda.
-Mahallamizda ushbu yo’nalishda 14-30 yoshgacha bo’lgan uyushgan va uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta’minlanmoqda,-deydi “Taraqqiyot” mahallasi yoshlar yetakchisi D. Niyozmatova. – Bu borada bizga hududddagi
34-umumta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi X. Yoriyevning ko’magi katta bo’lmoqda.Kibersport musobaqalariga jalb qilinayotgan va ushbu sport turi bo’yicha muntazam mahg’ulotlar o’tkazish istagidagi yoshlar ro’yxati shakllantirilmoqda. Kelajakda bu yoshlar bir jamoa sifatida “Kibersport”ning nufuzli musobaqalarida Zomin tumani sharafini munosib himoya qiladilar.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati