Har yilgidek, bahor oylaridagi sel-toshqinlarning oldini olish, sel yo’llari va kanallarni tozalash, sel xavfini kamaytirish maqsadida qator tadbirlar bugundanoq boshlab yuborilgan. Bugun viloyat prokurorining o`rinbosari T. Xudayberdiyev va Zomin tabiatni muhofaza qilish prokurori I. Alikulovlar tomonidan tumanimiz hududiidagi sel havfi kelishi mavjud hududlarda tabiiy ofatning oldini olish borasida tuzilgan tegishli chora tadbirlar rejasi asosida qator ishlar boshlandi.
Jumladan, ariq va zovurlar, suv yo’llari, beton ariq va kanallarni tozalash, sel havfi yuqori bo’lgan nuqtalarga ogohlantiruvchi belgilar o’rnatish kabi yumushlar tegishli mutaxassislar yordamida uyushqoqlik bilan olib borilayapdi.
Bu borada sel kelish havfi yuqori bo’lgan hududlarda yashovchi aholi bilan uchrashib, tushuntirish ishlari ham olib borilayapdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati