Bugun mamlakatimizda yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular orasidagi iqtidorli, natijalari yuqori sportsevarlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sport maktablari, to’garaklar, zallar va sport workautlarini bunyod etish, ayniqsa, murabbiylar faoliyatiga e’tibor kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Tuman hokimi Alisher Abdug’aniyevning yosh «O’zbek jang san’ati» ustalari bilan uchrashuvida ana shu masalalarga atroflicha to’xtalindi.
Uchrashuvda tuman hokimi o’rinbosari S. Anvarov, tumandagi Bolalar va o’smirlar sport maktabi mutasaddilari, to’garak rahbarlari ishtirok etdilar. Suhbat o’zaro samimiy ruhda bo’lib o’rdi. Unda «O’zbek jang san’ati» turi ustasi Feruzbek Mansurov hamda uning shogirdlari qo’lga kiritgan yutuqlar, kelgusi rejalar, oldindagi musobaqalar hususida fikr almashildi.
Uchrashuv so’ngida tuman hokimi va tashrif buyuruvchilar bo’lajak chempionlar bilan esdalik uchun suratga tushishdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati