Vaqtlar bo’ldi to’ylarda qirqtalab tog’oralar qilindi, vaqti bo’ldi qiz bolaning sepi, otasining amaliga qarab kelin tanlandi, vaqti keldi, kishilar to’y qilaman, o’g’il uylantirib, qiz chiqaraman deb qarzga botdi. Dabdababozlik, ortiqcha isrofgarchiliklarga yo’l qo’yildi… Bugunga kelib esa, kelin bo’lmishning odobi, ma’lumoti, chiroyli hulqi yana birlamchi o’ringa chiqib bormoqda. Isrofgarchiliklarsiz, ortiqcha chiqimlarsiz Shirin va fayzli, ihcvham to’ylar urfga kirmoqda. Odamlar to’yda kitoblar – badiiy adabiyotlar sovg’a qilib, sovg’a olmoqda. Ana shu jarayonlarga olib kelgan birlamchi sabab – albatta joylardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, targ’ibot va tashviqot ishlarining to’g’ri tashkil qilinganidir.
Bugun Zomin shaharchasidagi “Bog’ishamol” mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan davra suhbati ham ana shular jumlasidan. Mahalladagi 31-umumta’lim maktabi binosida b’olib o’tgan davra suhbatida tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’I Nigora OMONOVA, tuman targ’ibot guruhi rahbari Saodat ALIMOVA, “Bog’ishamol” mahalla fuqarolar yig’ini raisasi Nazokat AHMEDOVA, ushbu mahalla xotin-qizlar faoli Hulkar ALLAMURODOVAlar mahalladagi uyushmagan yoshlar va 31-maktab yuqori sinf o’quvchilari bilan yoshlar o’rtasida erta tug’ruqning asoratlari, erta nikohning oldini olish, kiyinish madaniyati, odob va ahloq qoidalari hususida dildan suhbatlashdilar.
-Har bir yosh – o’sib kelayotgan qiz o’zining odobi, hulqi, bilimi bilan chiroyli,-deydi mahalla raisasi N. Ahmedova. – Ota-onasining, aka-ukasi, yaqinlari, qo’yingki, mahallasining yuzi. Shuning uchun ham ularning turmushga tayyorlanish, bola parvarishi, ro’zg’or tutish, zararli odatlarga berilmaslik kabi mavzularda ko’nikmalarini yoshlikdan shakllantirib boorish maqsadga muvofiq. Bu borada maktab psixologi, Kayvonilar va Otinoyilar kengashlari, ibratli oilalar bekalari hamkorligida bugungidek davra suhbatlarini tizimli ravishda olib boorish zarur.
Epli qiz-sepli qiz, deyishadi. Bugungi davra suhbatini interfaol uslubda, hayotiy misollar asosida olib brogan faollar qizlarning bilim salohiyati va epchilliklari, hozirjavobliklarini sinash maqsadida savol-javob qilishdi. Eng faol ishtirokchilar e’tirof etildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati