Butun mamlakatimiz bo’ylab minglab shaharu qishloqlarni, iqtisodiy markazlarni tutashtirib turuvchi asosiy vositalardan biri avtoyo’llardir. Bugungi qor-yomg’irli kunlarda ularning tozaligi, sozligini saqlash, yo’llardan foydalanuvchi yurtdoshlarimizga kerakli sharoit yaratib berish ham muhim vazifalardan biri.
Zomin tuman Yo’llardan foydalanish Unitar korxonasi ishchi-xizmatchilari va Zomin Obodonlashtirish boshqarmasi yo’lsozlari doimgidek, bugun ham tumanimizning 2-sektor hududidan o’tgan A-376 katta avtomobil yo’lida saqlash, tozalash islarini olib bordi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati