O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Zomin tuman Kengashi tomonidan 2023-yil 16-fevral kuni “Nizom” talablari asosida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Eng faol deputati” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tuman Kengashi deputatlaridan 5 nafari ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov jarayonida “Nizom”da qayd etilgan 3 bosqichdan iborat shartlar asosida ishtirokchilarning bilimdonligi, savodxonligi, hozirjavobligi aniqlandi. Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan kuzatib borildi. Ko‘rik-tanlovda hakamlar hayati tomonidan ishtirokchilarning to‘plagan ballarini hisobga olinib, g‘olib ishtirokchi aniqlandi. Aholining muammosini hal etishning eng samarali yo‘li hamda siyosiy hozirjavobligi shartlari g‘olibi bo‘lgan 38- Achchi saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat G. R. Abdulhakimova, ko‘rik tanlovning mutloq g‘olibi deb topilib, tuman Kengashi tomonidan 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Qolgan ishtirokchilarga turli nominatsiyalar bo‘yicha “Sertifikat”lar taqdim etildi. Ko‘rik tanlov ishtirokchilari va hakamlar xayati g‘olib ishtirokchiga, tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun o‘z fikrlarini bildirishdi.
Tadbir ishtirokchilari tuman Kengashi tomonidan Partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati