Kuni kecha Zomin tumani hokimligida qayta tiklanuvchi energiya manbaalari qurilmalaridan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik obyekytlari, aholi xonadonlari va tashkilotlarga o‘rnatish mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimligi , tumandagi sektor rahbarlari, faollar hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Seminarda soha vakillari so‘nggi paytlarda mamlakatimizda energiya bilan bog‘liq taqchilliklar yuzaga kelgani, uning yechimi sifatida quyosh panellarini o‘rnatish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Quyosh paneli o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi "Solarex" kompaniyasi vakillari o‘z xizmat faoliyatini yig‘ilganlarga tanishtirdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati