Ma’lumki, o‘tgan 2022 yilning 26 dekabrida Prezidentimizning “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–458-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Respublikamizdagi soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan 14 ta tumanda huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etildi.
Shu munosabat bilan Zomin tumanidagi 39 ta mahallalarda eksperiment sifatida mahalla raisi va hokim yordamchilari ishtirokida aholining 2023 yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha Zomin Davlat Soliq inspeksiyasi binosida seminar tashkil etilib, unda barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati