Zomin tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari G‘.Xudaykulov ishtirokida xududdagi "Obi hayot", "Istiqlol" qishloq fuqarolar yig‘inlari va "Farovon", mahallasida yig‘in raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari ishtirokida 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"ga kiritish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish orqali muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganish davomidagi aniqlangan muammolar, bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishliligicha mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilayapti.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati