Bugungi kunga kelib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, kasb va hunar egallashlari, oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari va fuqarolar turmush tarzini yaxshilash, ayniqsa, olis qishloq joylarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida "Jahon taraqqiyot banki" mablagʻlarini yoʻnaltirish bilan qator ijobiy natijalarga erishib kelinayapdi.
Bugun tumandagi 4-sektor hududida joylashgan "Chorvador" qishloq fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurgan mutasaddilar va bankning yurtimizdagi vakillari ana shu maqsadda uchrashuv oʻtkazdi.
Ularga tuman hokimligi mutaxassislari, qishloq fuqarolar yigʻini faollari hamrohlik qildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati