Kuni kecha Zomin tumani hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini joylarga chiqqan holda tashkil qilish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhining yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda tuman Oila va xotin-qizlar bo`limi huzurida tashkil etilgan "Oqila ayollar" harakati a'zolari ishtirok etdi.
Yig`ilishni Respublika "Oqila ayollar harakati" yetakchisi, pedpgogika fanlari doktori, professor, oila va xotin-qizlar ilmiy-amaliy inistituti direktorining birinchi oʻrinbosari Oyniso Musurmonova ochib berdi. Shuningdek seminarda viloyat oqila ayollar harakati yetakchisi Shoira Fozilova, Zomin tuman hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Nigora Omonova, Yangiobod tuman hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Shaxnoza Raimova hamda Zomin va Yangiobod tumani mahalla xotin-qizlar faollari va tuman "Oqila ayollar harakati" aʼzolari ishtirok etdilar.
Yig`ilishda Oila mustahkam bo'lsa, jamiyat mustahkam bo'lishi, oilada qizlar tarbiyasi, ayollarning farzand tarbiyasiga qaramasdan xorijga ish qidirib noqonuniy ravishda ketishi, barcha jabhalarda ishlarni yaxshi yo'lga qo'yish, bandlik, biznes sohasi, qizlarni OTM larda o'qishi, to'y, ma'rakalarni tartibga solish masalalarida alohida to'xtaldi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati