QATOR MUASSASALARDA O’RNATISH ISHLARI BOSHLANDI
Tumanimizdagi bir qator korxona va tashkilotlar, davlat va nodavlat muassasalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadidagi ishlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, AT “Agrobank” tuman filiali binosiga har biri 568 kilovattlik 37 dona quyosh panellari o‘rnatildi. Ayni vaqtda undan 20 kilovatt energiya olinayapti. Shuningdek, “Mikrokreditbank” Zomin filiali binosi tom qismiga ham 37 dona har biri 545 vattlik quyosh panellari o’rnatildi. Bank mutasaddilarining aytishicha, ayni vaqtda mazkur panellardan soatiga 18-20 kilovattgacha energiya olinmoqda. Yoz oylariga borib bu miqdor to’liq 30 kilovattga yetadi.
Asosiysi, ushbu panellar o’rnatilgach, mazkur muassasalarda 50-60 foizgacha energiya tejalishi kuzatilayapti.Bu boradagi ishlar tumandagi boshqa idora va tashkilotlarda ham boshlangan, loyihalar tuzilib, firmalar bilan shartnoma qilinayapti.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati