Zomin tumanida davlatimiz rahbarining 2022 yil 9 sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida hududdagi korxona va tashkilotlar ma’muriy binolariga muqobil energiyaga o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, tuman IIB ma’muriy binosining tom qismiga umumiy quvvati 20 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilmoqda.