Zomin tumani IIB 3-sektor rahbari F.To‘ychiev belgilangan jadval asosida hududdagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazyapti.
Oilaviy tadbirkorlik, tomorqachilik, issiqxona, quyonchilik, parrandachilik, chorvachilik kabi sohalarni rivojlantirish, ulardan unumli foydalanib, qo‘shimcha daromad topayotgan va bu orqali o‘zini-o‘zi band qilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Chilonzor MFYdagi uchrashuvda yoshlar tomonidan 10 ta murojaat va takliflar bildirildi. Murojaatlarning 3 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan taklif va murojaatlar tegishliligi jihatidan tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.