Bugun Zomin tumani xokimligi majlislar zalida Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Salaxiddinov tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Z.Omonqulovlar ishtirokida tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda mas’ullar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda yangi tashkil etilayotgan tizim bo‘yicha tushunchalar berildi. Tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilariga bajariladigan vazifalari belgilab berilib, ular bilan savol-javoblar o‘tkazildi.