Bugun Zomin tumani Peshog‘or MFYda tumanimiz prokurori 2-sektor rahbari boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida aholi bandligiga ko'maklashish markazi, Zomin tumani Agrobank masul hodimlari, Mahalla raisi, hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda Yoshlar va aholi muammolarni o'rganish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o'tdi.
Jumladan, Peshog’or MFY dagi uchrashuvda yoshlar tomonidan 25 ta murojaat va takliflar bildirildi. Murojaatlarning 3 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan taklif va murojaatlar tegishliligi jihatidan tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.