“Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Zomin tuman bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobiga 363,5 million so‘m mablag‘ yig‘ilgan.
Jumladan, sud hujjatlari ijrosi bo‘yicha salkam 181,5 million so‘m, Shuningdek, mahalliy budjet daromadlarining rejadan ortiq bajarilishidan tushgan mablag‘lar 182,0 million so‘mni tashkil etgan. Xo‘sh, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Zomin tuman bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi faoliyatidan xabardormisiz? Mazkur jamg‘armaga kelib tushayogan mablag‘lar qaerga yo‘naltiriladi?
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Zomin tuman bo‘linmasi raisi P.Tojiboevning ma’lum qilinishicha, o‘tgan davr davomida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi qarorlariga asosida qariyb 157 ta oilaga 245 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarf etilgan.
Jumladan, 84 ta aholiga kundalik iste’mol mahsulotlarini sotib olish uchun 50,0 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan, bundan tashqari, qariyb 73 oilaga 195,0 million so‘mdan ziyod moddiy yordam ajratib berilgan. Shuningdek, jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘lar mahallalarda tashkil etilgan "Temir daftar" va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
"Temir daftar" jamg‘armasi mablag‘lari "Ayollar daftari"ga kirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Qayd etilishicha, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining qarori bilan amalga oshirilmoqda. Jamg‘arma mablag‘larini Zomin tuman Kengashining qarorisiz ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.