Joriy yilning 15 mart kuni Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasida, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Bugungi kunda Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi organlari tizimida jami 201 nafar tezkor xodim (shundan 157 nafar davlat ijrochilari) faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Byuro organlari tashkil etilganidan buyon Jizzax viloyatida hozirga qadar 9 trln. 134 mlrd. soʼmlik hujjatlar boʼyicha yakuniy qarorlar qabul qilingan boʼlib, shundan 4 trln. 593 mlrd. soʼmlik ijro hujjatlarining ijrosi amalda taʼminlangan boʼlsa, davlat foydasi 1 trln. 472 mlrd. soʼm undirilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yilgi PF-6118-sonli Farmoniga asosan “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʼllab quvvatlash uchun 2020-2023 yillarda 92 mlrd. 218 mln. soʼm mablagʼlar undirilib, undirilgan mablagʼlarning 50 foizi, yaʼni 46 mlrd. 100 mln. soʼmi mahsus hisob raqamlarga yoʼnaltirildi.
Shuningdek, joriy yilning oʼtgan 2 oyida jami 94.243 ta ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan boʼlib, ular boʼyicha ijroga qaratilgan majburiy mulkiy undiruvlarning umumiy summasi 1 trln. 562 mlrd. soʼmni tashkil qilgan.
Ushbu davrda amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari mahsulida jami 405 mlrd. soʼmlik 26.233 ta ijro hujjatlari boʼyicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, amalda undirilgan toʼlov va qarzdorliklar miqdori 115 mlrd. soʼmni tashkil qiladi.
Аsosiy eʼtibor fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari manfaatlarini koʼzlab chiqarilgan majburiy undiruv bilan bogʼliq qarorlar ijrosini taʼminlashga qaratib kelinmoqda.
Xususan, oʼtgan davrda fuqarolar foydasiga 7 mlrd. va tadbirkorlar foydasiga 69 mlrd. soʼm qarzdorliklar amalda undirilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, uy-joyi yoki boshqa koʼchmas mulki buzilgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subʼektlari foydasiga mahalliy davlat hokimlik organlaridan 244 mln. soʼm kompensatsiya pullari undirib berilishi taʼminlangan.
Nomulkiy tusdagi fuqaroni uyga kiritish va uydan chiqarish haqidagi 150 ta, bola olib berish yoki u bilan koʼrishtirish haqidagi 133 ta ijro hujjatlari ijrosi taʼminlanib, jami 371 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.