“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir davom etmoqda.
Bugun Zomin tumani Yoshlar markazi binosi hududida Qayirma MFY fuqarolariga tumanimiz faollari O’rol Oqqulov, Raimqul Malikov, Xaydarov Mirzoulug’, Raxmonqul Xujumovichlar so’zga chiqib konstitutsiyaviy islohotlarda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilgani, mamlakatimizda inson qadri, haq-huquqlari, sha’ni har narsadan ustun ekanligini qayd etdi.
Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati, xususan, aholining ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan asosiy jihatlari haqida gapirib, barchani 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.