Bugun tumanimizda nuroniylar va qishloq xo‘jaligi xodimlari tashabbusi bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Unda Zominlik bir gurux faxriy nuroniylardan O‘rol Oqqulov, Nusrat Pardaev, Mirzoulug‘ Xaydarov, Raxmonqul Mamatqulov, qardosh millat vakillaridan, tomorqa yer egasi Mamayusuf Qo‘ldoshev, mehnat faxriysi Saodat Alimova, tomorqa yer egalaridan Raimqul Malikov va boshqalar so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va Referendum joriy yilning 30 aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har birimiz ishtirok etib o‘z fuqarolik burchimizni bajarmog‘imiz lozimligi qayd etib o‘tildi.
Tadbirda 1000 nafarga yaqin Shirin va Nihol mahalla fuqarolari, qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermer va shaxsiy dexqon xo‘jaligi xodimlari, tomorqa yer egalari ishtirok etdi.