Jizzax viloyati Zomin tumanida 2022-2023 o‘quv yildan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” mavzusida press-tur tashkil etildi.
Unda jurnalist va blogerlar xalq ta’limi tizimi xodimlari ishtirok etdi. Press turda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishildi.
Press-tur avvalida ishtirokchilar ixtisoslashtirilgan maktabda yaratilgan sharoitlar, sinf xonalarining jihozlari, kutubxona, faollar zali, yotoqxona va oshxonadagi sharoitlar bilan tanishildi. Maktab eng so‘nggi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan 4 ta kompyuter xonasi va 1 ta robototexnika xonasiga ega. O‘quv sinf xonalariga optik tolali kabellar tortilgan. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ishlash imkoniyati yaratilgan.
Ilm maskanida yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishida, o‘quvchilarning turli tanlov va loyihalarda ishtirok etib, ixtisoslashtirilgan fanlar yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati