GALA KONSERT ISHTIROKCHILARI BIR MAQSAD YO’LIDA JAM BO’LISHDI
Bugun erta tongdan Zomin Markaziy o’yingohi minglab olovqalb yoshlar bilan to’ldi. Gavjum izdihomga sabab esa “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya – barchamizniki” degan shior ostida tashkil etilgan gala konsert bo’ldi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan yoshlarning sevimli san’atkorlari, taniqli guruhlar ishtirokidagi tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida zominlik bir guruh faol yigit-qizlar, yetakchi yoshlar so’zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayon – Referendumning xalqimiz, hususan, yoshlar taqdiri, hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida so’zladilar.
30 aprel kuni barchaning faol bo’lishiga chorlovlar yangradi.
Qariyb, 3 soatdan ziyodroq davom etgan tadbir Zomin tumani hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, Respublika Yoshlar ishlari agentligining tuman kengashi hamkorligida tashkil etildi.