Telegram ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Оддий одамлар, шароити йўқлар энди нима қилади?” mazmunidagi xabarda Jizzax viloyati Zomin tumani, Farovon mahallasida yashovchi Xaydarov Ergashning nomiga 2023 yil 3 aprel №188-raqam bilan Kadastr Agentligining Jizzax viloyati Boshqarmasi zomin tuman bo‘limi boshlig‘i X. Tolipov imzosi bilan yuborilgan “Ogoxlantirish xati” ga munosabat bildirib o‘tilgan.
Aniqlanishicha, mazkur ogoxlantirish xatida ko‘rsatilganidek ushbu fuqaro o‘z nomidagi ko‘chmas mulklarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarsiz ko‘chmas mulkdan foydalanib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68-1 tegishli moddalari talablariga asosan ushbu ogoxlantirish xati qonuniy kuchga ega hisoblanadi.