Telegram ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Маҳалла” хайрия фондига пул ўтказишни талаб қилиш тўғрими?” mazmunidagi xabarlar yuzasidan Zomin tumani hokimligi Axborot xizmat ma’lum qiladiki, xaqiqatdan ham "Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan Zomin tumanida xayriya xashari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur umumxalq xashari munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondiga ixtiyoriy ravishda 1 kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazilishi va yig‘ilgan mablag‘ning maqsadli sarflanishi yuzasidan tuman hokimi tomonidan tavsiya berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabardagi "pul o‘tkazishga majburlanmoqda. Pul o‘tkazmagan tashkilot rahbarlari bilan shaxsan hokimning o‘zi “razbor” qilar ekan", degan so‘zlar asossizdir.
Mablag‘ o‘tkazish tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tamiz.