Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan. Xususan, Konstitutsiyamizning 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.
Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.
Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda bola ta’minoti uchun aliment sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.
Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshrilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasiga asosan Joriy yil boshidan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamagan 8 nafar fuqarolar javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 122-moddasiga asosan 2023 yil boshidan farzandini moddiy ta’minlashdan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham hulosa qilmasdan bo‘yin tovlab kelgan fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2022 yildagi 427-sonli Qarori bilan tashkil etilan “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi”dan 1 nafar aliment ishi bo‘yicha undiruvchiga 8.2 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetgunga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.
Zomin tuman Majburiy ijro byurosi xisobchisi
Q.Bahriddinov