O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli Qarorga asosan har “payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, 2023 yil 13 aprel kuni Zomin tuman Qayirma MFYda joylashgan sayilgoxda Zomin tuman hokimi 1-o‘rinbosari Z.Omonqulov, tuman IIB boshlig‘i F.Y.To‘ychiev va tuman FVB bo‘limi boshlig‘i O.Mustafaevlar tomonidan tuman hududidagi 39 ta mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tuman xalq ta’limi, tuman qo‘riqlash bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi, tuman oila va xotin –qizlarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi, tuman yoshlar agentligi, tuman avto yo‘l bo‘limi, tuman elektr taramoqlari korxonasi kabi jami 9 ta tashkilotlarga “payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” davomida amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.
Yo‘riqnomada mazkur sub’ektlarga mahallarda yashovchi muqaddam sudlangan shaxslar, profilaktik hisobda turgan shaxslar, sog‘liqni saqlash muassalari hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, nizoli oilalarning xonadonlariga borib ular bilan suhbatlar o‘tkazish, maktablarda davomat tadbirlarini o‘tkazish kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kungi “Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmonda ko‘rsatilgan 55 ta vazifalar bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.