Bugungi kunda insoniyat uchun jiddiy muammolaridan biriga ayblanib borayotgan, aylanib ham ulgurgan odam savdosi jinoyati, bu illatga qarshi kurash xalqaro maydonda ham dolzarb masasalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Odam savdosi hudud va chegara bilmas jinoyat bo‘lib, asosan fuqarolarni aldov va oson pul topishga qiziqtirish orqali ularni respublika hududidan olib chiqib, o‘zga davlatlarda sotish ushbu jinoyatning keng tarqalgan usullarda biriga aylanib bormoqda.
Odam savdosi hudud bilmas jinoyat bo‘lib, bu illatga qarshi kurash borasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ham majburiy va ham tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan bir qator hujjatlari qabul qilingan. Bu borada profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan ushbu jinoyatlar soni kamaymayotgani, ko‘plab insonlarning ushbu jinoyat qurboniga aylanayotgani, ayniqsa jabrlanganlarning katta qismi ayollar va bolalar tashkil etishi har bir insonni xushyor tortishga, atrofidagi insonlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslikka undaydi hamda bu illatga qarshi tizimli ravishda kurash olib borish lozimligi ko‘rsatmoqda.
Ayollardan ularning erkiga xilof ravishda shaxvoniy maqsadlarda foydalanish, shuningdek bolalar mehnatidan foydalanish, insonlar tana a’zolarini moddiy manfaat evaziga pullash bu illatning eng jirkanch ko‘rinishlaridan bo‘lib, ushbu jinoyatni sodir etayotgan shaxslarning qanchalar manfur kimsalar ekanligidan dalolat beradi.
Insonlarning odam savdosi qurboniga aylanishining asosiy omillaridan biri ularning mo‘may daromad ilinjida, ularning oson va katta miqdorda pul topish haqidagi aldovlariga uchib, ushbu jinoyatni sodir etayotgan shaxslar tuzog‘icha tushib qolayotganligidir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish borasida tizimli va izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Inson sha’ni, uning qadr-qimmati oliy qadryat, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash ustuvor bo‘lgan jamiyatda bu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Insonlar taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro jinoyatga befarq bo‘lmasdan, yaqinlari va atrofdagi boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilishiga ko‘maklashishi, ularning oson va mo‘may pul topish ilinjida ushbu jinoyatni sodir etayotgan manfur kimsalar tuzog‘iga tushib qolishining oldini olishi zarurdir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Zomin tuman sudining raisi
Sh.X.Shamshiev