“18 may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Zomin tumani maktab o‘quvchilari uchun tumandagi Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Zomin tuman tarix filialiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yuqori darajada tashkillashtirilib, Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari o'zlarining kitoblar karvoni bilan ushbu ekskursiyada ishtirok etishdi.Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Zomin tuman tarix filialida o‘quvchilar Zomin tumanining o‘tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid hujjatlar, tuman hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Zamonaviy interer va dizayn uslublari asosida shakllantirilgan muzey o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Maktab o‘quvchi-yoshlari muzeylar bu-ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodlarga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi.