Zomin tumanida joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida media-tur o‘tkazildi.
Tasdiqlangan dasturga ko‘ra 2023 yilda qiymati 2 trln 616 mlrd so‘mlik 69 loyihalar ishga tushirilib,1541 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shundan sanoatda 250,6 mlrd so‘mlik 16 ta yaratiladigan ish o‘rni 579 ta, xizmat ko‘rsatishda 1 trln 188 mlrd so‘mlik 32 ta yaratiladigan ish o‘rni 614 ta, qishloq xo‘jaligida 1 trln 177 mlrd so‘mlik 21 ta loyihalar ishga tushirilib 348 ta ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yil yanvar-may 15 ta loyihalar ishga tushirilib, 202 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda qiymati 41 mlrd so‘mlik 23 ta loyihalar ishga tushirilib, 310 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
OAV vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.