Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "Kadrda ko‘ngilni xira qiladigan tasvirlar mavjud: Zomin tumani Dashtobod bolnitsasi hovlisida yotgan emish" nomli videolavha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Zomin tuman hokimligi va boshqa tegishli davlat tashkilotlari tomonidan nazoratga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra videolavhadagi shaxsi noma’lum fuqaroni 2022 yilning noyabr oyida Zomin tumanining "Chorvodor" QFY hududidan ko‘chada sovuqda qolib ketgani uchun tez tibbiy yordam mashinasida Zomin markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Kerakli davo muolajalar qilingan. Bemor o‘ziga kelgach uni shaxsini aniqlash imkoniyati bo‘lmagach, tuman tibbiyot birlashmasi bemor shaxsini aniqlash va qarindoshlariga xabar berishda amaliy yordam so‘rab tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, prokuraturasiga murojaat qilgan.
Natijada, bemorning qarindoshlari tashlab ketilgani shu vaqtgacha tumandagi bir fermer xo‘jaligi raisining uyida ishlab kelingani aniqlangan.
Bemor qarib yetti oy tuman markaziy shifoxonasida yotib davolangan.
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyatining tegishli tashkilotlarga bemorning qarindoshlarini topish yoki muruvvat uylariga joylashtirish bo‘yicha takroriy murojaatlaridan so‘ng, o‘z uyida ishlatgan fermer xo‘jaligi raisi bemorni uyiga olib ketadi. Ammo, bir-ikki kun o‘tib, videolavhadagi shaxsni Dashtoboddagi shifoxonaga tashlab ketadi. Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor shifoxonaga joylashtiriladi. Ammo, bemorning xonadoshlari ushbu bemor bilan bir xonada yotmasliklarini, ushbu bemorning alohida xonaga o‘tkizishni talab qiladi.
Shunda, bemorga alohida xona tayyorlashga qadar bemorni shifoxona hovlisiga vaqtincha joylashtiriladi.
Bemor hozir alohida xonaga joylashtirilgan va kerakli davo muolajalarni olmoqda.
Ma’lumot uchun qarovchisi yo‘q shaxslar muruvvat uylariga joylashtiriladi va o‘sha yerda davolanadi.
Ayni paytda tegishli tashkilotlar bilan birga bemor davolanib bo‘lgach muruvvat uylariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati