Zomin tumani hokimligi majlislar zalida xizmat safari bilan tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senati a’zosi Gulnora Marufova tuman kengashi deputatlari mahalla raislari, hamda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq birinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.
Uchrashuvda jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi har qanday global sharoitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod tar’lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish muhim takidlab o‘tildi.
Oliy Majlis Senatining qirq birinchi yalpi majlisida ushbu yo‘nalishlarning huquqiy asosini takomillashtirishga oid bir qator qonunlar senatorlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilganligi hamda qizg‘in fikr-mulohazalar bildirilganligi yuzasidan ochiq muloqat tashkil etildi.
Tadbirning yakuniy qismida Xalq deputatlari tuman kengashi vakillari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi. Ishtikorchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Hamda bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi belgilab qo‘yildi.